Jasur Hasanovning yangi jamoasi ma’lum

  • 26 yanvar, 2021, 14:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Pro liga yangi mavsumi oldidan qizg‘in tayyorgarlik ko‘rayotgan «Dinamo» klubi safiga yana bir futbolchi kelib qo‘shildi.

Tecno

O‘tgan mavsumni Superligada «Buxoro» safida o‘tkazgan Jasur Hasanov 2021 yilgi mavsumda «Dinamo» safida to‘p suradigan bo‘ldi. 30 yoshli yarimhimoyachi Samarqand jamoasi bilan mavsum yakuniga qadar shartnoma imzoladi.

Ma’lumot uchun, Jasur Hasanov faoliyati davomida «Buxoro», «Lokomotiv», «Neftchi» klublari sharafini himoya qilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!