Janubiy Koreya. Tursunov va Gadoevning jamoasida ishlar yaxshi emas

CHERY AUTO

Hamyurtlarimiz Sanjar Tursunov hamda Shoxrux Gadoev to‘p tepadigan "Tedjon Sitizen" klubi bu tur o‘z maydonida "Pusan Ay Park"ni qabul qildi va 0:5 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Tecno

Gadoev bahsni asosiy tarkibda boshladi va 63-daqiqada zaxiraga olindi. Tursunov esa 42-daqiqada maydonga tushdi. Shu tariqa "Tedjon Sitizen" qatorasiga uchinchi o‘yinda mag‘lub bo‘ldi va bu bellashuvlardagi to‘plar nisbati 0:5 ni tashkil etdi.

Jamoa ortda qolgan 10 turdan  so‘ng turnir jadvalida 10 klub orasida 8-o‘rinda (11 ochko) bormoqda.

Janubiy Koreya "K2" ligasi. 10-tur

"Tedjon Sitizen" - "Pusan Ay Park" 0:5.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!