
Janubiy Koreya. Aliboevning jamoasi "Jeju Yunayted"ni enga olmadi
Hamyurtimiz Ikrom Aliboev to‘p suradigan "Seul" klubi o‘z maydonida "Jeju Yunayted"ni qabul qildi. "Seoul World Cup" stadionida kechgan uchrashuvda hisob ochilmadi - 0:0. Alibov bellashuvni asosiy tarkibda boshladi va to‘liq 90 daqiqa o‘ynadi.
Shu tariqa "Seul" hisobidagi ochkolar soni 7 taga etdi va jamoa turnir jadvalida 2-o‘rinda bormoqda. Ular o‘zlarining kelgusi o‘yinlarini 30 mart kuni peshqadam "Sangju Sanmu" klubiga qarshi o‘tkazishadi.
K Liga-1. 3-tur
"Seul" - "Jeju Yunayted" 0:0.
Fikrlar