Jamshid Saidov: "Sen urmasang, senga urishadi, degan naql bor"

  • 13 oktabr, 2023, 00:08
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Coca-Cola Superliga 22-turidan o‘rin olgan «Qizilqum» – OKMK (1:2) uchrashuvidan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Jamshid Saidov o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

Tecno

«Birinchi bo‘limda yigitlar yaxshi harakat qilishdi. Ikkinchi taym avvalida esa darvozamiz oldida oddiy xatodan penalti kelib chiqdi. Vaziyatlar bo‘ldi, ulardan foydalana olmadik. Sen urmasang, senga urishadi, degan naql bor. Hozir har bir ochko oltinga teng. G‘alaba qozonishni istagan edik.

OKMK safida tajribali futbolchilar o‘rin olgan. Jamoa bejiz 5-pog‘onada ketmayapti. Oldinda 4 ta bahs bor va maksimal darajada kurash olib boramiz», – dedi Saidov.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Дувлан
13/10/2023 12:18
Жамшид бари -бир суперлигада олиб қолади,Х.х.са.