"Jamoani qiyin holatda tark etyapman" - Gyundogan "Barselona" muxlislari bilan xayrlashdi

  • 23 avgust, 2024, 16:35
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ilkay Gyundogan "Barselona"ni tark etgani haqida fikr bildirdi. 

Germaniyalik yarim himoyachi Kataloniya klubida bir yil o‘ynab, yana "Siti"ga qaytdi. 

"Qadrli kules, biz bir yildan so‘ng xayrlashishimizga to‘g‘ri keldi. 

Men "Barselona"ga yangi chaqiruvlar uchun kelgandim va bunga tayyor edim. Men jamoa uchun borimni berdim va sheriklarimga yangi mavsumda yordam berishni sabrsizlik bilan kutayotgandim. 

Ayni dam men jamoani qiyin holatda tark etyapman. Biroq ketishim jamoaga moliyaviy tomondan yordam bera olsa, bu men uchun u qadar og‘riqli bo‘lmaydi. 

Bu erda o‘tkazgan vaqtim menga juda katta tajriba berdi. Men har doim "Barselona"da o‘ynashni xohlaganman va bu erda olgan tajribam va xotiralarni butun umr eslab yuraman. 

Sizlarga yangi mavsumda omad tilayman. Muxlislar mana shunday katta klub yana eng yaxshilar qatoriga qaytishini ko‘rishga loyiq",
- dedi Gyundogan. 

 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Усмонбек
23/08/2024 22:43
Омадингни берсин.ачинарли.булди.кетиши