Jaloliddinov penaltidan foydalana olmagan bahsda "Andijon" durang o‘ynadi

  • 5 mart, 2021, 18:31
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bugun Andijon shahridagi “Bolalar va o‘smirlar futbol maktabi” maydonida “Andijon” klubi Qirg‘izistonning “Kaganat” jamoasiga qarshi nazorat uchrashuvini o‘tkazdi.

Tecno

O‘yinni kuzatish uchun ko‘plab muxlislar kelganini aytish joiz. Qiziqarli kechgan bahs 1:1 hisobi bilan yakunlandi. Mezbonlar a’zosi Abdulhay Ismoilovning goliga raqib jamoa a’zolari bir bor javob qaytarishdi.

Aslida “Andijon” ushbu uchrashuvda g‘alaba qozonishi ham mumkin edi. Biroq Jasur Jaloliddinov penaltidan gol ura olmadi. Natijada uchrashuvda g‘olib nomi aniqlanmadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!