Jahon chempionini La Ligada kutishyapti

  • 20 noyabr, 2020, 12:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

PSJ pleymeykeri Yulian Draksler faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishga tayyorgarlik ko‘rmoqda.

Tecno

27 yoshli germaniyalik futbolchini “Sevilya” o‘z tarkibiga chorlayapti. Ispanlar yarim himoyachiga uzoq muddatli shartnoma taklif qilishga tayyorligini bildirdi.

Drakslerning parijliklar bilan shartnomasi joriy mavsum oxirida yakunlanadi. PSJ hali yangi bitim haqida og‘iz ochgani yo‘q. Bundan foydalanishni mo‘ljallagan “Sevilya” tajribali futbolchini erkin agent sifatida bepul qo‘lga kiritmoqchi.

Yulianga ispanlardan tashqari, “Arsenal”, “Gerta”, “Zenit” va “Lids” kabi klublar ham qiziqyapti.

“Barsa” futbolchilari Neymar uchun maoshidan voz kechgan

Ramosning o‘rniga zo‘r futbolchi keladi

“Real” rahbari bir shart evaziga Ramosga javob berib yuborishga tayyor

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!