
Jahon chempioni Fayzullaevga murabbiylik qilmaydi
Moskvaning TsSKA klubi Fabio Kannavaroga hech qanday shartnoma taklif qilmagan, chunki klubda bosh murabbiy lavozimiga Fabio Chelestinining tayinlanishi allaqachon kelishilgan. Bu haqda Rossiyaning "Chempionat" nashriga vaziyatdan xabardor manba xabar berdi.
Avvalroq italiyalik jurnalist Nikolo Skira TsSKA Kannavaroga ikki yillik shartnoma taklif qilganini xabar qilgandi.
51 yoshli Fabio Kannavaroning so‘nggi ish joyi Xorvatiyaning "Dinamo Zagreb" klubi bo‘lgan. U bundan oldin Italiyaning "Udineze" va "Benevento" klublarida, Xitoy terma jamoasida hamda boshqa bir qancha klublarda bosh murabbiy bo‘lib ishlagan.
49 yoshli Fabio Chelestini esa 2023 yildan 2025 yilgacha "Bazel" klubida ishlagan. Bungacha u "Son", "Lyusern", "Lugano" va boshqa klublarda faoliyat yuritgan.
Avvalroq armiyachilarning bosh murabbiyi Marko Nikolich lavozimni tark etgandi — u Gretsiyaning AEK klubiga bosh murabbiy bo‘lib o‘tgan. Nikolich qo‘l ostida TsSKA 2024/2025-yilgi mavsumda Rossiya Premer-ligasida uchinchi o‘rinni egallagan va Rossiya Kubogini qo‘lga kiritgan.
Fikrlar