Jahon chempionatining eng zo‘r o‘yinchisi kim ekani aniqlandi!

  • 11 dekabr, 2022, 16:12
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Goal nashri Qatarda davom etayotgan jahon chempionatining eng yaxshi futbolchisi va kuchli o‘nlikka kirgan o‘yinchilar nomini e’lon qildi.

Tecno

Nashr ekspertlari fikriga ko‘ra, Qatardagi mundialning eng zo‘r o‘yinchisi Argentina terma jamoasi sardori Lionel Messi ekan.

Messining reytingda birinchi o‘rinda qayd etilishiga jahon chempionatidagi beshta o‘yinda to‘rtta gol va ikkita assist qayd etgani asos bo‘ldi.

Kuchli o‘nlik quyidagicha ko‘rinish oldi:

Lionel Messi (Argentina);

Kilian Mbappe (Frantsiya);

Antuan Grizmann (Frantsiya);

Dominik Livakovich (Xorvatiya);

Ashraf Hakimi (Marokash);

Brunu Fernandesh (Portugaliya);

Sofyan Amrabat (Marokash);

Risharlison (Braziliya);

Kodi Gakpo (Niderlandiya);

Jud Bellingem (Angliya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Abbos Asadov
11/12/2022 16:31
Mesi haqli, sababi o'yinni ozi nazorat qiliyapti va burivoriyapti. CHempion bo'ladi nasib bo'lsa