Jahon chempionatiga chiqqan O‘zbekiston keyingi bosqichda qaysi terma jamoaga qarshi o‘ynaydi?

  • 11 mart, 2023, 22:21
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundan biroz avval O‘zbekiston terma jamoasi U20 Osiyo chempionatining chorak final bosqichida Avstraliya ustidan penaltilar seriyasida g‘alaba qozondi va yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Jahon chempionati masalasini hal qilgan Ravshan Haydarov shogirdlari yarim finalda Janubiy Koreya hamda Xitoy terma jamoalari g‘olibiga qarshi maydonga tushadi.

Eslatib o‘tamiz, Janubiy Koreya – Xitoy terma jamoalari uchrashuvi ertaga JAR stadionida bo‘lib o‘tadi. O‘yin 15:00 da boshlanadi.

shaxmat_4

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!