Jahon chempionatida munosib ishtirok etgan para kanoechilarimiz tantanali kutib olindi

  • 10 avgust, 2022, 10:05
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
BEPUL PROPAN

Joriy yilning 3-7 avgust kunlari Kanadaning Galifaks shahrida o‘tkazilgan para kanoe bo‘yicha jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan terma jamoamiz a’zolari yurtimizga qaytib kelishdi.

Ular Toshkent xalqaro aeroportida Sportni rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, O‘zbekiston rowing&canoe federatsiyasi rahbariyati, ota-onalar va keng jamoatchilik vakillari tomonidan tantanali kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, para kanoe bo‘yicha o‘tkazilgan jahon chempionatida erkaklar o‘rtasida VL3 klassida bahs olib borgan Haytmurod Sherqo‘ziev bronza medaliga sazovor bo‘ldi. Shuningdek, ayollar o‘rtasida KL3 klassida Shaxnoza Mirzaeva 5-o‘rinni, VL3 klassida Muxlisa Eshmirzaeva 6-o‘rinni, erkaklar o‘rtasida KL3 klassida Hasan Qo‘ldoshev 7-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!