Jahon chempionati. O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi medallar uchun tatamiga chiqadi!
Bugun Peruning Lima shahrida dzyudo bo‘yicha o‘tkazilayotgan yoshlar o‘rtasidagi Jahon chempionatining ikkinchi kungi bellashuvlari o‘tkaziladi.
Birinchi kun yakunlari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta bronza medali bilan 8-o‘rinni egallab turibdi. Uchta oltin, 1 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritib ulgurgan Yaponiya terma jamoasi jadvalda peshqadamlik qilmoqda. Kuchli uchlikdan Braziliya va Gruziya terma jamoalari joy olgan.
Bugun 4 ta vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Unda O‘zbekiston terma jamoasining 5 nafar a’zosi medallar uchun tatamiga chiqadi.
Kunduzgi dastur bizning vaqt bilan soat 19:00 da boshlanadi.
-63 kg: Nigina Saparboeva — Loika Robertson (Kanada);
-70 kg: Xurshida Razzoqberdieva — Yana Svetko (Xorvatiya);
-73 kg: Muhriddin Ma’rufov — Dayyan Bulemtafes (Frantsiya);
-73 kg: Inoyat Telmanov — Stanislav Alxov (Belarus);
-81 kg: Samariddin Muxibiddinov — Erik Nyumann (Buyuk Britaniya);
Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.



Fikrlar