
Jahon chempionati. Bugun bir nafar vakilamiz tatamiga ko‘tariladi
Vengriya poytaxti Budapesht shahri mezbonlik qilayotgan dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi jahon chempionati o‘z ekvatoridan o‘tdi.
Dunyo birinchiligining oltinchi kungi bahslariga ham etib keldik. Bugun ayollar o‘rtasida -78, erkaklarda esa -100 kg vazn toifasida bellashuvlar tashkil etiladi. Dzyudochilarimizdan birgina Marjona Ko‘chimova o‘z omadini sinab ko‘radi. Terma jamoamiz vakilasi ilk davrada kubalik Lianet Kardonaga qarshi tatamiga chiqadi.
-78 kg: Marjona Ko‘chimova – Lianet Kardona (Kuba)
Ma’lumot uchun, bugungi saralash dasturi bizning vaqt bilan soat 14:30 da boshlanadi. Bu haqda O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fikrlar