Ixtiyor Ropiev: "O‘sha holatni 100 foiz ko‘rdim"

  • 28 oktabr, 2024, 19:32
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Bugun futzal bo‘yicha Oliy liga birinchi turiga start berildi. Ilk bahs BMB va "Oil Star" jamoalari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi. 

Tecno

Bellashuv BMBning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Ixtiyor Ropiev bellashuvning so‘ngidagi bahsli holatlar va umuman uchrashuv haqida fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. 

Bugungi o‘yin haqida qisqacha  fikrlaringiz bilan o‘rtoqlashsangiz. Birinchi o‘yin qanday o‘tdi?

O‘yin juda ham muxlislarbop o‘tdi. Kam xato qilgan jamoa g‘alaba qozondi. Birinchi bo‘limda 2:0 hisobida ortda qoldik, biroq ikkinchi taymda faolroq va kuchliroq o‘ynashga urindik.

"Oil Star" bugun alamli tarzda mag‘lub bo‘ldi. O‘yin oxirida berilmagan penalti borasida fikringiz qanday? 

Hakamlar borasida fikrim xaqida gapiradigan bo‘lsam, ular bugun nolga teng ishladi. Faqat BMB jamoasi foydasiga qarorlar qabul qildi va  hatto bu bilinib ham qoldi. O‘sha holatni 100 foiz ko‘rdim. Besh metrdan men tiniq ko‘rgan narsani Rubakov 2 metrda turib bermadi. 

Qarori uchun Rubakovga e’tiroz bildirdim, ammo uni xaqorat qilmadim. U esa menga sariq kartochka ko‘rsatdi. Tushunmadim.

Bellashuv so‘ngida siz va Hebbert Bolt o‘rtasida kichik kelishmovchilik bo‘ldi. O‘sha vaziyatda aslida nima bo‘lgandi?

Bolt xaqoratomuz so‘zlar bilan gapirdi, so‘kdi. Men javob berdim.

Bugun Dilshod Rahmatovning yo‘qliga qanchalik bilindi?

Albatta bilindi. Raxmatov o‘rni juda ham sezildi. Juda ham tajribali futzalchi, biz u bilan anchadan beri birga uynab kelamiz. Rahmatov bo‘lganida ancha yordam berar edi. 

Ushbu mag‘lubiyat sabab “Oil Star”ning chempionlik imkoniyatlari keskin kamayib ketmadimi?

Qolgan barcha o‘yinlarni faqat g‘alaba bilan yakunlashimiz kerak. Bugungi o‘yin tugadi. Endi qolgan uchrashuvlar uchun tayyorgarlik ko‘rishimiz kerak. 


                                                                                                     Oybek Yuldoshev suhbatlashdi.
 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!