
Ivan Boshkovich: "Jizzaxda chempionlikka mos jamoa tuzmoqchimiz"
Coca-Cola Superliga 18-turida safarda “Metallurg”ga mag‘lub bo‘lgan “So‘g‘diyona” klubi ustozi Ivan Boshkovich mag‘lubiyat sabablari haqida fikr bildirdi.
“Albatta, biz uchun kutilmagan natija. Darvozamangdan uchta gol o‘tkazib yuborish – bu yoqimsiz albatta. Avvalgi o‘yinda barcha ehtiroslarimizni sarflab yubordik shekilli. Ammo oldinga intilishda davom etamiz. Biroz dam olib keyingi o‘yinga tayyorgarlik boshlaymiz.
Har bir raqibga qarshi kuchli tayyorgarlik ko‘ramiz. “Metallurg”ga qarshi ham yaxshi tayyorgarlik ko‘rgandik. Ularning kuchsiz tomonlari borligini bilardik. Ularni tahlil qilgan edik. Bizda ham kuchsiz tomonlarimiz bor. Albatta mag‘lubiyatni tahlil qilamiz.
Jizzaxda chempionlik uchun kurashadigan, chempionlikka mos bo‘lgan jamoa tuzmoqchiman. Maqsadim shu”, - dedi Boshkovich.
Fikrlar