
Ivan Boshkovich: "Bunday o‘yinni jamoamdan kutmagan edim"
“So‘g‘diyona” – “Andijon” (1:2) o‘rtasidagi bellashuvdan so‘ng mezbonlar bosh murabbiyi Ivan Boshkovich quyidagilarni aytdi:
“Birinchi navbatda natijadan qoniqmadim. O‘yin sifati juda past bo‘ldi. Bunday o‘yinni jamoamdan kutmagan edim. O‘yinimizda orqaga chekindik, g‘alaba qozonish muhim edi. Bir qator futbolchilar esankirab qolishdi. Natija o‘z qo‘limizda edi. 1:0 hisobda oldinda edik. Avval qanday o‘ynagan bo‘lsak, shunday o‘yin ko‘rsatishimiz kerak, har qanday raqib bilan.
Qaytarib o‘taman: o‘yin sifati yo‘qligi natijaga ta’sir qilmoqda. “Andijon” bilanmi, boshqa jamoa bo‘ladimi, o‘ynashimiz kerak. Vaziyatdan kelib chiqib, xatolar ustida ishlashda davom etamiz. Oldin qanday o‘ynagan bo‘lsak, o‘sha o‘yinimizni topishga harakat qilamiz. Bu tarkib, bu jamoa har qanday raqib bilan raqobat qilishga qodir.
Raqib jamoani g‘alaba bilan tabriklayman, ular oxirigacha kurash olib borishdi. Himoyachimizning ikkinchi sariq kartochka olishi natijaga ta’sir qildi. Shundan keyin ikkinchi golni o‘tkazib yubordik. Kamchilikda o‘ynash juda qiyin. Xohish orqali oxirigacha kurashishga harakat qildik. Bir necha vaziyatlarni yaratdik, jarima to‘pi tepilgan vaziyat juda xavfli chiqdi. Qaytaraman: o‘yin sifatidan qoniqmadim.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar