
Italiya terma jamoasi "Evro-2020"dan oldin yo‘qotishga uchradi
"Inter" yarim himoyachisi Stefano Sensi Italiya terma jamoasiga yaqinlashib kelayotgan Evropa chempionatida yordam berolmaydi.
Italiyalik jurnalist Janluka di Martsioning xabar berishicha, yarim himoyachining turnirda ishtirok etmasligiga jarohat sabab bo‘lgan. 25 yoshli futbolchi mashg‘ulot jarayonida mushaklaridan jarohat olgan.
Endi Italiya terma jamoasida undan bo‘shagan joyni "Atalanta" yarim himoyachisi Matteo Pessina egallaydi.
“Evro-2020” 11 iyun kuni boshlanadi va 11 iyulga qadar davom etadi. Italiya terma jamoasi qit’a turnirida "A" guruhidan joy olgan. Ular ushbu guruhda Shveytsariya, Uels va Turkiya terma jamoalariga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar