
Italiya futboli afsonasi Mourinoni dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb aytdi
“Roma” klubi va Italiya terma jamoasi afsonasi Franchesko Totti “bo‘rilar”ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourino haqida o‘z fikrini bildirib o‘tdi.
"Biz dunyoning eng zo‘r murabbiyini taklif qildik. Mourino qo‘l ostida o‘ynashni xohlarmidim? Agar yoshroq bo‘lganimda, ha”, - dedi Totti.
Joze Mourino aprel oyida “Tottenxem” bosh murabbiyligidan iste’foga chiqarilgan edi. U may oyida “Roma” bosh murabbiyi deb e’lon qilindi.
Mourino uchun Italiya A Seriyasi begona emas. U 2008-2010 yillarda “Inter”ni boshqargan va Chempionlar ligasi hamda Italiya chempionatida g‘olib chiqqan.
Fikrlar