
Iste’foga chiqarilgan Martines avvalgidan nomdorroq jamoani boshqarishi mumkin
Belgiyaning yaqinda iste’foga chiqarilgan murabbiyi Roberto Martines Ispaniya terma jamoasini boshqarishga yaqin turibdi.
Ispanlar JCh-2022 1/8 finalida Marokashga imkoniyatni boy berib, turnirdagi ishtirokini yakunlagan edi (asosiy vaqtda 0:0, penaltilar seriyasida 0:3).
Belgiya esa o‘z guruhida 3-o‘rinni egallab, mundialning pley-off bosqichiga chiqa olmadi. Natijada Enrikening hozirgi kursisi ancha qimirlab qoldi va terma jamoa rahbariyati uning o‘rniga nomzodlar izlashni allaqachon boshlab yuborgan.
Ispaniya Qirollik futbol federatsiyasi Martinesni "qizil furiya" bosh murabbiyi lavozimiga asosiy nomzodlardan biri deb hisoblamoqda.
Fikrlar