Isroil Madrimovning vaznida sobiq jahon chempioni Xayme Mungiya Gennadiy Golovkin bilan jangni xohlamoqda

  • 9 aprel, 2021, 10:45
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69,8 kg) sobiq WBO chempioni va hozirda o‘z faoliyatini o‘rta vazn toifasida (72,5 kg) olib borayotdan meksikalik Xayme Mungiya (36-0, 29 KO) qozog‘istonlik Gennadiy Golovkin (41-1-1, 36 KO) bilan jang tashkil qilinishini istayapti.

Tecno

Hozirda Golovkin 40 yoshda va Mungiyaning fikricha, u oxirgi 3 yilda o‘zining jismoniy imkoniyatlarini anchagina yo‘qotgan.

“Golovkin bilan jang, afsuski, amalga oshgani yo‘q. Bu jang sodir bo‘lsa, men uchun ulkan sharaf bo‘lar edi. U hozirda oldingi holatini saqlab qolmagan. Ammo unga nisbatan hurmatim baland va u bilan jang qilgan taqdirimda ham juda ehtiyotkor bo‘lishim kerak,” – dedi Mungiya.

Eslatib o‘tamiz, Mungiya o‘zining navbatdagi jangini 23 aprel kuni Demetrius Ballardga (20-0-1, 13 KO) qarshi o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!