Isroil Madrimovning sobiq raqibi WBC International kamarini qo‘lga kiritdi

  • 12 noyabr, 2020, 19:03
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Profescional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (69 kg)  faoliyatini olib borayotgan qozog‘istonlik Tursunbay Qulaxmet bugun o‘zining ikkinchi jangini o‘tkazdi. Britaniyada bo‘lib o‘tgan boks oqshomida Qulaxmet mezbon bokschi Makaulay Makgovanni 10 raund yakuniga ko‘ra mag‘lub etdi va WBC International kamarini qo‘lga kiritdi.

Tecno

Qulaxmet (2-0, 1 KO) jangni to‘laligicha o‘z nazoratida olib bordi va 7-raundda raqibini nokdaunga ham uchratdi. Shunday bo‘lsa-da, Makgovan (14-1-1, 3KO) o‘zini tiklab oldi va jangni to‘liq davom ettirdi. Yakunda, 3 ta hakamning bir ovozdan bergan  99-98 natijasiga ko‘ra, qozog‘istonlik charmqo‘lqop ustasi g‘alabani qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz: Tursunbay Qulaxmet 2019 yilgi Osiyo chempionati chorak finalida Isroil Madrimovni mag‘lubiyatga uchratgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!