Isroil Madrimovning havaskor boksdagi ashaddiy raqibi endi professional boksda ham uni taqib etmoqda

  • 6 iyul, 2021, 23:50
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida (-69,8 kg) faoliyatini davom ettirayotgan qozog‘istonlik Tursunbay Kulahmet (3-0, 2KO) o‘zining navbatdagi jangini 10 iyul kuni Almati shahrida Aleksey Evchenkoga (19-14-2, 8KO) qarshi o‘tkazadi. Kulahmet hozirda WBC International kamari egasi bo‘lib turibdi. 

Tecno

Kulahmetning murabbiyi Morening so‘zlariga ko‘ra, uning 7-jangiga qadar jahon chempionlik kamari uchun bahsni olib berish niyatida. 

Tursunbay bilan bo‘lgan intervyularning birida, u aynan Isroil Madrimov borligi sabab ushbu vaznda faoliyatini boshlaganini aytib o‘tgan. Madrimov va Kulahmet havaskor boksda o‘zaro 2 marta to‘qnash kelgan. Hozircha hisob 1:1. Ular o‘rtasidagi 3-jangni professional boksda ko‘rsak ajab emas.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!