Isroil Madrimov o‘zining sevimli bokschisi bilan bir oqshomda jang qiladi

  • 24 sentabr, 2019, 21:26
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 1
  • Boks
CHERY AUTO

Professional boksda mag‘lubiyatsiz odimlayotgan bokschimiz Isroil Madrimov navbatdagi jangini 5 oktyabr kuni meksikalik Alexandro Bareraga qarshi o‘tkazadi. Jang Nyu-Yorkda  “Madison Square Garden” arenasida bo‘lib o‘tadi. Ushbu boks oqshomining markaziy jangida esa Gennadiy Golovkin hamda ukrayinalik Sergey Derevyanchenko ringga ko‘tariladi. Isroil professional boksda uch bora jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. Uning raqibi esa, anchagina tajribali sanaladi. U profi ringda 34 marotaba jang o‘tkazgan. Ularning 29 tasida g‘alaba qozonib, besh bora mag‘lubiyat qayd etgan.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Бехруз Кадиров
24/09/2019 21:43
Бир бирига ўхшар экан а