
Isroil Madrimov Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi (video)
Professional boksning super yarim o‘rta vazn toifasida faoliyatini davom ettirayotgan hamyurtimiz Isroil Madrimov butun erta tongda Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketdi. U o‘zining navbatdagi jangi uchun tayyorgarlikni boshlaydi. Madrimov bu safar jahon chempionlik kamariga eliminator jangida anchagina kuchli raqib Mishel Soro bilan to‘qnash keladi. Jang sanasi hali rasman e’lon qilinmadi. Voqealar rivojini bizda kuzatib boring.
Fikrlar