Israel Adesanya UFC tarixidagi beshinchi jangchi bo‘lishi mumkin...

  • 2 noyabr, 2020, 14:16
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

O‘rta vazn toifasida UFC chempioni Israel Adesanya o‘zining navbatdagi jangini yangi vazn toifasida o‘tkazadi.

Tecno

Qayd etilishicha, Adesanya Yan Blaxovich bilan jang uchun yarimog‘ir vazn toifasiga ko‘tariladi. Jangning sanasi va joyi borasida hali gap-so‘z bo‘lmagan. Avvalroq, Blaxovich Adesanya bilan jang qilishga tayyorligini ta’kidlagan edi.

Yan shu yilning sentyabr oyida Jon Jonsdan vakant qolgan kamar uchun Dominik Reyes bilan jang qilib, texnik nokaut bilan zafar quchgan va chempionlik unvoniga sazovor bo‘lgandi. 37 yoshli polyak jangchisi faoliyati mobaynida 27 g‘alaba va 8 mag‘lubiyat qayd etgan.

Adesanya 2019 yil oktyabr oyida chempion bo‘ldi. O‘shandan beri u 2 marta o‘z titulini muvaffaqiyatli himoya qila oldi. U professional faoliyatidagi 20 ta jangning barchasida g‘alaba qozongan.

Agar ikkisi o‘rtasida jang tashkil qilinib, Adesanya g‘alaba qozonsa, u UFC tarixida bir vaqtning o‘zida ikki vaznda chempionlikni qo‘lga kiritgan beshinchi jangchi bo‘lishi mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!