
Ispaniyadagi xalqaro turnirda ishtirok etuvchi bokschilarimiz bilan tanishing!
29yanvar 4-fevral kunlari Ispaniyaning La Nusiya shahrida erkaklar o‘rtasida "Boxam" Xalqaro turniri bo‘lib o‘tadi.
Ushbu turnir, Italiyada 4-11 mart kunlari o‘tkaziladigan Parij-2024 Olimpiya o‘yinlariga yo‘llanma beruvchi musobaqadan oldin, so‘ngi bosqich tayyorgarlik vazifasini o‘tab beradi. Turnirda ishtirok etadigan O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari bugun tongda Ispaniyaga yo‘l olishdi.
Jamoamiz tarkibi bilan tanishing:
-63,5 kg Ruslan Abdullaev
-63,5 kg Mujibillo Tursunov
-71 kg Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jaev
-71 kg Havasbek Asadullaev
-80 kg To‘rabek Habibullaev
-80 kg Jasurbek Yo‘ldoshev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
-92 kg Shohjahon Abdullaev
Murabbiylar: To‘lqin Qilichev, Xuan Enrike, Akmal Hasanov, Sirojiddin Naimov.
O‘zbekiston boks federatsiyasi matbuot xizmati
Fikrlar