
Ispaniyada yilning eng yaxshi murabbiylari aniqlandi
Marca nashri o‘z talqini bo‘yicha Ispaniyaning joriy yildagi eng yaxshi murabbiyi nomini e’lon qildi.
Nashr jurnalistlari o‘rtasida o‘tkazilgan ovoz berish yakunlariga ko‘ra, "Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan va "Sevilya" ustozi Xulen Lopetegi nomzodlari bir xil ovoz to‘pladi.
Ta’kidlash kerakki, Zidan boshchiligidagi “Qirollik klubi” o‘tgan mavsum Ispaniya chempionatida g‘olib bo‘ldi. Lopetegi qo‘l ostidagi “Sevilya” La Ligani kuchli to‘rtlikda yakunladi va joriy mavsum EChLda pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar