Ispaniya termasiga “Real”dan hech kimni chaqirmadi, “Barsa”danchi?

  • 26 may, 17:40
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi UEFA Millatlar ligasining hal qiluchi o‘yinlariga jalb etiladigan futbolchilar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Musobaqaning 5 iyunga belgilangan yarim final uchrashuvida ispanlar Frantsiya terma jamoasi bilan kuch sinashadi. Ikkinchi yarim finalda Germaniya va Portugaliya terma jamoalari o‘zaro raqobatlashadi.

Musobaqaning amaldagi g‘olibi 8 iyun kungi finalda aniqlanadi.

Qizig‘i shundaki, Ispaniya terma jamoasi rahbariyati bu galgi uchrashuvlarga “Real”dan biror futbolchini jalb qilmaydigan bo‘ldi. Chempionlikni qo‘lga kiritgan “Barselona”dan olti nafar o‘yinchi – Lamin Yamal, Gavi, Daniel Olmo, Pedri, Fermin Lopes va Pau Kubarsiga xalqaro miqyosdagi nufuzli musobaqada ishtirok etish huquqi beriladi.

Umuman olganda, terma jamoa bosh murabbiyi Luis de la Fuente terma jamoa qaydnomasiga 15 ta klubdan 26 nafar futbolchini kiritgan.

Darvozabonlar:

Unay Simon, David Rayya, Aleks Remiro.

Himoyachilar:

Pedro Porro, Oskar Mingesa, Din Xyoysen, Robin Le Norman, Pau Kubarsi, Dani Vivian, Mark Kukurelya, Aleks Grimaldo.

Yarim himoyachilar:

Martin Subimendi, Gavi, Mikel Merino, Fabian Ruis, Pedri, Daniel Olmo, Aleks Baena, Isko, Fermin Lopes.

Hujumchilar:

Alvaro Morata, Lamin Yamal, Niko Uilyams, Yeremi Pino, Mikel Oyarsabal, Samuel Agexova.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Асманов Асман
26/05/2025 20:39
Испания бош мураббийи Баpcадpочeрдa)