Ispaniya terma jamoasining Niderlandiyaga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomasi e’lon qilindi

  • 14 mart, 16:36
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis De la Fuente mart oyida bo‘ladigan o‘yinlar uchun tarkibni  e’lon qildi.

Tecno

Ushbu ro‘yxatdan 27 nafar futbolchi joy oldi. E’tiborlisi, terma yig‘iniga ilk marta  "Real Madrid" klubi himoyachisi Raul Asensio ham chaqirildi. "Barselona"ning esa bir qator futbolchilar Gavi, Balde, Fermin,  Erik Garsiya va "Betis" a’zosi Isko va "Bornmut" safida yorqin o‘yin ko‘rsatayotgan Xyoysen ham qaydnomaga kiritilmadi.

"Qizil furiya" Millatlar Ligasi doirasida Niderlandiyaga qarshi bahslarda ishtirok etadi. Ushbu o‘yinlar 21 mart va 24 mart kunlari bo‘lib o‘tadi.

Image

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!