Ispaniya terma jamoasi tarkibida o‘zgarish. "Barselona" himoyachisi jarohat olib, safdan chiqdi

  • 17 mart, 14:40
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" himoyachisi Inigo Martines tizzasida muammo yuzaga keldi va Ispaniya terma jamoasi tarkibidan chiqarildi. 
 
Gap shundaki, "Atletiko"ga qarshi qiyin kechgan bahsdan so‘ng Martines o‘zini yaxshi his qilmagan. Dastlabki tekshiruv natijalariga ko‘ra, futbolchining o‘ng tizzasidagi menisk atrofida yallig‘lanish – perimeniskit aniqlangan. Fulbekning hali hamon qachon safga qaytishi noma’lumligicha qolmoqda. 
 
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis de la Fuente uning o‘rniga “Bornmut” himoyachisi Din Xeysenni chaqirdi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, Ispaniya 20 va 23 mart kunlari Millatlar ligasi chorak finalida Niderlandiyaga qarshi o‘yin o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!