
Ispaniya tarixidagi eng zo‘r futbolchi tanlandi
Ispaniya terma jamoasi bosh murabbiyi Luis Enrike mamlakat futboli tarixidagi eng zo‘r futbolchi kimligini aytdi.
- Futbol tarixidagi eng zo‘r ispan futbolchisi kim? Bizda juda ko‘p yaxshi o‘yinchilar bo‘lgan. Lekin men David Vilyani tanlayman. Chunki i milliy terma jamoa safida eng ko‘p gol urgan hujumchi hisoblanadi. Lekin bizda Kubala, Raul, Butrageno, Inesta, Kini kabi yuqori saviyali ijrochilar ham bo‘lgan, - dedi Luis Enriki.
David Vilya Ispaniya terma jamoasi safida 98 ta uchrashuvda 59 ta to‘p kiritgan va bu ko‘rsatkich bo‘yicha o‘z mamlakatida rekordchi hisoblanadi.
Ispaniya terma jamoasi safida David Vilya 2008 yili Evropa chempionati va 2010 yili jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan.
Fikrlar