Islom To‘xtaxo‘jaevning klubi ham inqirozga yuz tutmoqda. Legionerimiz esa Xitoyga qaytmoqchi emas

  • 1 mart, 2021, 05:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Oxirgi yillarda jahon futboli yulduzlarini bemalol qo‘lga kiritib hammaning hayratini oshirgan Xitoy klublari hozir qanday ahvoldaligini bilasizmi? Birin-ketin u erdagi jamoalar moliyaviy muammolar girdobiga tushib qolyaptilar va bundan qutulish qiyinchilikka aylanmoqda. Bu esa u erdagi legionerlarning faoliyatiga ham ta’sir ko‘rsatmasdan qolmayapti. Hattoki, Xitoyning amaldagi chempioni ham inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan.

Tecno

E’tiborlisi, Chin yurtida ikki nafar hamyurtimiz to‘p surishini bilasiz. Yaqinda Odil Ahmedov “Tyantszin Teda” klubiga qaytgandi. Biroq oradan ko‘p o‘tmasdan ushbu klubda mablag‘ tomonlama muammolar boshlangani ma’lum bo‘ldi. Natijada jamoaning etakchilari qatori Odil Ahmedovning ham katta ehtimol bilan boshqa klubga ketishi kutilmoqda va bu borada muzokaralar boshlangan.

O‘tgan yili Xitoy chempionatida Odil Ahmedovdan tashqari yana bir hamyurtimiz Islom To‘xtaxo‘jaev ham faoliyat olib borganini bilasiz. U birinchi divizon vakili – “Shenyan Urban” jamoasi sharafini himoya qildi. Lekin To‘xtaxo‘jaev hali ham o‘z klubiga qo‘shilgani yo‘q. O‘tgan vaqt davomida futbolchi o‘zimizning ayrim jamoalarda shug‘ullanib yurdi va keyin milliy terma jamoamizning Dubaydagi yig‘inida ishtirok etdi. Ammo To‘xtaxo‘jaev hali ham o‘z klubiga qo‘shilgani yo‘q. Bu masala bo‘yicha sports.uz muxbiri futbolchi bilan bog‘langanida vaziyat o‘zgarayotganini ma’lum qildi.

islom_3

- Bilasizmi, Xitoyga ketmasligim ham mumkin. Buning sababi shundaki, men to‘p surgan klubimda ham Xitoyning boshqa ko‘plab klublarida yuz berayotgan moliyaviy inqiroz yuz beryapti. Sizga to‘g‘risini aytsam, hozir boshqa klublar bilan muzokaralar olib boryapmiz. Xitoydagi vaziyat barqarorlashguncha balki o‘zimizda o‘ynab tursam kerak, - dedi Islom.

Demak, Odil Ahmedov singari To‘xtaxo‘jaev ham jamoasini o‘zgartirishga yaqin turibdi. Yuqorida uning o‘zi ta’kidlab o‘tganidek, iqtidorli himoyachi To‘xtaxo‘jaev vaqtinchami yoki butunlaygami, bilmadik, ammo harqalay u Xitoy chempionatiga qaytmay turadi. Xitoy futbolida yuzaga kelayotgan inqiroz “Shenyan Urban”ni ham chetlab o‘tmagani ma’lum bo‘ldi. Bu jamoaning Islom To‘xtaxo‘jaevdan o‘tgan yilgi mavsum bo‘yicha qarzi qolganmi? Qolaversa, Xitoy jamoalaridagi inqirozning sababi nima bilan bog‘liq? Islom mazkur masalalar bo‘yicha ham o‘z munosabatini bildirdi.

islom_2_1

- “Shenyan Urban” men bilan hisob-kitob ishlarini deyarli bajarib bo‘lgan, faqat ozginasi qolgan xolos. Muammoli masalaga kelsak, karantin tufayli ko‘p joylar yopilib ketgandi. Shuning hisobiga ham Xitoyning ko‘plab jamoalarida moliyaviy muammolar yuzaga kela boshladi. Masalan, o‘tgan yili ham asosan muxlislarsiz o‘yinlar o‘tkazildi. Holbuki, stadionga ishqibozlar kirsa, bundan ham Xitoy klublari anchagina daromad topishar ekan. Hozir sanoqli klublarda emas, balki ko‘plab jamoalarda inqiroz yuzaga kelyapti. Men Xitoydagi faoliyatim orqali o‘zim uchun tajriba oldim. Har xolda boshqa davlat futbolini ko‘rdim.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!