
Islom Seytnazarov: "Aral Samali"ning 1:6 hisobidagi mag‘lubiyatiga qanday izoh berdi?
“Aral Samali” – “Andijon” (1:6) bellashuvidan so‘ng negadir mezbonlar bosh murabbiyi Timur Turdiev matbuot anjumanida ishtirok etmadi.
Uning o‘rniga jamoaning litsenziyalash bo‘yicha menejeri Islom Seytnazarov o‘z fikrlarini bildirdi.
- “Andijon” jamoasini g‘alaba bilan tabriklayman. O‘zinglar ham ko‘rdinglar, jamoamiz jismonan tayyor emas. “Andijon” yaxshi jamoa va ajoyib o‘yinchilari bor.
Umuman aytganda, o‘yin yaxshi o‘tdi. Ko‘rib turibsiz, yigitlar charchab qolishdi. Ikkita-uchta gol o‘tkazganimizdan keyin futbolchilar bo‘shashdi va o‘yinni "tashlab" yubordilar.
“Andijon” matbuot xizmati.
Fikrlar