
Islom Maxachev: Men uning g‘alabali seriyasini buzaman va...
Engil vazn toifasidagi rossiyalik jangchi Islom Maxachev Charlz Oliveyra bilan bo‘lib o‘tadigan chempionlik jangi haqida fikr bildirdi.
“Men uning g‘alabali seriyasini buzaman va o‘sha kamarni olaman. Men odamlarga uning qanday taslim bo‘lishini ko‘rsataman. Ular dog‘istonlik yangi UFC engil vazn chempionini ko‘rishadi”, — dedi Maxachev.
Maxachev va Oliveyra o‘rtasidagi jang 22 oktyabr kuni Abu-Dabida UFC 280 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar