Islom Maxachev: "Biz Porening barcha kuchli va zaif tomonlarini yaxshi bilamiz"

  • 28 may, 2024, 10:43
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Engil vazn toifasida UFC chempioni Islom Maxachev uning Dastin Porega qarshi jang rejasi do‘sti va ustozi Habib Nurmagomedov 2019 yilda amerikalik bilan jangda qo‘llaganidan unchalik farq qilmasligini aytib o‘tdi.

Tecno

Habib allaqachon Dastin bilan jang qilgan. Shu bois, bu reja kelajakda ham ish beradi, deb o‘ylayman. Biz Porening barcha kuchli va zaif tomonlarini yaxshi bilamiz. Esimda, Habib unga tayyorgarlik ko‘rayotganida biz birga mashq qilgandik va men Dastin bilan jang rejasini ishlab chiqishda qatnashgandim. Shuning uchun, Porega qarshi rejam ham avvalgidan farq qilmaydi, deb taxmin qilyapman", - deya dog‘istonlikdan iqtibos keltiradi MMA Mania.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev(25-1) va Pore(30-8-1 N/C)  2 iyun kuni AQSh ning Nyu-York shahrida bo‘lib o‘tadigan "UFC 302" turnirida to‘qnash keladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!