Islom Mamatkazin: "Bor e’tiborimizni "Qizilqum" bilan o‘yinga qaratamiz"

  • 19 may, 2023, 14:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston Kubogi guruh bosqichining 2-turidagi “Navbahor” – “Andijon” uchrashuvidan so‘ng o‘yinni to‘liq o‘tkazgan andijonlik iqtidorli himoyachi Islom Mamatkazin o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

Tecno

“Bu derbi nomidagi bellashuv edi, yaxshi o‘yin bo‘ldi. Hamma oxirigacha kurashdi. Faqat standartdan gol o‘tkazib yubordik.

Bizda ham golli imkoniyatlar bo‘ldi, afsuski, vaziyatlarimizdan foydalana olmadik. Bu uchrashuvdan tegishli xulosalarni chiqaramiz.

Oldimizda chempionat doirasida “Qizilqum”ga qarshi o‘yinimiz bor. Bor e’tiborimizni ushbu uchrashuvga qaratamiz. Ishonamanki, g‘alaba bilan muxlislarimizni xursand qila olamiz”, - deydi Mamatkzazin.

"Andijon" matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!