
“Ishtaha ovqat payti keladi” yoxud Benzema yana bir sovrin yutmoqchi
“Real” klubi hujumchisi Karim Benzema kelajakdagi rejalari haqida gapirdi.
“Mening hali ko‘p rejalarim bor. Ko‘proq sovrinlar yutishni, Chempionlar ligasida yana bir necha marta g‘alaba qozonishni va milliy terma jamoam bilan Jahon chempionati bosh sovrinini qo‘lga kiritishni xohlayman. Bu men zabt etgan eng yuqori cho‘qqi bo‘lardi. To‘g‘ri, buni amalga oshirish qiyin, ammo qo‘limdan kelganini qilaman”, - deya Benzemaning so‘zlarini keltiradi "Mundo Deportivo" nashri.
Eslatib o‘tamiz, Karim yakuniga etgan mavsum Ispaniya La Ligasi va Chempionlar ligasining eng yaxshi to‘purari bo‘ldi. Hozirda u “Oltin to‘p” uchun asosiy da’vogar hisoblanadi.
Fikrlar