Ishonasizmi? "Barselona" bu borada Evropada tengsiz!

  • 23 aprel, 2022, 03:20
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ispaniya La Ligasi 33-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Barselona" "Real Sosedad" maydonidan 1:0 hisobidagi g‘alaba bilan ortga qaytdi.

Tecno

Bahs taqdirini kataloniyaliklarning gabonlik hujumchisi Per-Emerik Obameyangning bosh bilan kiritgan yagona goli hal etdi. Bu orqali "ko‘k-anorranglilar" Evropa kuchli beshlik chempionatlari orasidagi bosh bilan eng ko‘p gol urgan jamoaga aylandi. 

"Barsa" futbolchilari joriy mavsum La Ligada 16 bor shu tarzda raqiblari darvozasini ishg‘ol etishga muvaffaq bo‘lgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha ularga faqat "Renn" teng kelmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, Xavi shogirdlari ichki chempionatda 63 ochko to‘plagan holda, ikkinchi pog‘onani band etib turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!