
Isak Xadjar: "Bu yil "Red Bull"ga o‘tishdan ma’no yo‘q"
"Reysing Bullz" jamoasi a’zosi, frantsiyalik pilot Isak Xadjar "Red Bull" jamoasiga o‘tishi haqida fikr bildirdi.
"Yil boshida mendan "Red Bull"ga sakrashga tayyormisiz, deb so‘rashdi va javob hamon "yo‘q" bo‘lib qolmoqda, chunki hozir buni qilishdan ma’no ko‘rmayapman.
2026 yil - boshqa masala, bu jamoa uchun printsipial jihatdan yangi start desak bo‘ladi. Ikkinchi mashina haqida gap-so‘z bo‘lmaydi, chunki u mutlaqo yangi mashina bo‘ladi. Va siz mashinani to‘g‘ri yo‘nalishga burishingiz kerak bo‘lgan bosqichga tushib qolasiz. O‘ylaymanki, bu haqiqatan ham qiziqarli", - deya Xadjarning so‘zlarini keltiradi Racingnews365.
Fikrlar