Iroq bosh murabbiyi O‘zbekistondan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng: OFK o‘yinni to‘xtatishi kerak edi

  • 12 iyun, 2022, 00:26
  • Javokhir Azimov
  • 7
  • Futbol
CHERY AUTO

23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Osiyo Kubogi chorak finalida O‘zbekiston Iroq ustidan penaltilar seriyasida zafar quchdi. Bellashuvdan so‘ng iroqliklar bosh murabbiyi Miroslav Soukup matbuot anjumanida ishtirok etdi:

Tecno

"Avvalo, raqibni yarim final bilan tabriklayman. Raqib darvozaboni qizil kartochka olgan vaziyatda qarorni biz emas, VAR chiqardi. Ammo nega bizga bunchalik tahdidlar bo‘lganiga tushunmadim. Nima uchun futbolchilarim bundan zarar ko‘rishi kerak? 

Biz toshlar yomg‘iri ostida o‘ynadik. Bosim shu qadar kuchli bo‘ldiki, shogirdlarim hayoti xavf ostida qoldi. Ular jarohatlardan qo‘rqib o‘ynaydi. OFKga savolim bor, bu normal holatmi? Menimcha, o‘yinni to‘xtatish kerak edi.

Bu mening Iroq jamoasidagi so‘nggi o‘yinim edi, shartnomam yakuniga etdi. Oxirgi uchrashuvda bunday munosabat kutmagan edim. O‘sha vaziyatda konfliktni biz boshlamagandik, ammo jabrini futbolchilarim tortdi. O‘z fikrimda qolaman, o‘yinga halal berishdi".

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Umrzoq Goziyev
12/06/2022 00:40
Bugun O'zbekiston emas haqiqat g'alaba qozondi tan olish kerak sizlar Iroqqa yevropa futbolini olib kirishning o'rniga shantaj futbol o'rgatayapslar
Komil Habibulloh
12/06/2022 02:08
Juda to'g'ri
ANNAQULOV G'ULOM
12/06/2022 05:54
Agar g‘‘alaba qozonganingda bizga yech narsa xalaqit bera olmadi der eding. Mag‘lubiyatni to‘g‘ri qabul qilish kerak, ahmoq.
Ilyosxon Akramov
12/06/2022 00:36
Бекорларни бештасни ебсан
&
Saidjonn
12/06/2022 20:43
Bular baxona toporadi 1 top otkizgandan keyin trilib qolishdi o
Умид 65997
12/06/2022 13:24
Маглубиятни тоши огирда алам килсин бизни уйинчиларга рахмат кейинги уйинларда омад Кападзе жуда зур жамоа шакилатирибди
Abu Yunusbek 72
12/06/2022 11:49
Ўсроқ кўтга арпа ун баҳона, дейишади.