
"Inter"ni chempion qilgan Konteni xafa qilishdi. U ketadi!
"La Gazetta Dello Sport" nashrining xabariga ko‘ra, bir necha kundan so‘ng "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte iste’foga chiqadi. Murabbiy va rahbariyat o‘rtasidagi muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlangan.
Konte rahbariyatdan jamoaning asosiy futbolchilarini sotmaslikni so‘ragan. "Inter" moliyaviy ahvol sababli murabbiyning istaklarini qondirolmasligini ma’lum qilgan. Qolaversa, rahbarlar yangi transferlarga ham ruxsat bermagan.
"Neradzurrilar" Antonio o‘rniga Allegri, Sarri, Mixaylovich va Inzagi nomzodini ko‘rib chiqmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy mavsum "Inter" Konte boshchiligida A Seriyada "Yuventus"ning 9 yillik hukmronligiga barham bergan edi.
Fikrlar