
"Inter" Spalletti bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yubordi
Milanning "Inter" klubi rahbariyait garchi jamoa Chempionlar ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan bo‘lsada bosh murabbiyni almashtirmoqchi.
Italiyalik mashhur jurnalist Janluki Di Martsioning xabar berishicha “neradzurrilar” rahbariyati allaqachon Luchano Spalletti bilan shartnomani bekor qilish bo‘yicha ishlarni boshlab yuborgan.
Agar barchasi ularning rejasi bo‘yicha amalga oshsa, chorshanba kuni Antonio Konte “Inter”ning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanadi. 49 yoshli mutaxasssis milanliklar bilan 2022 yilga qadar shartnoma imzolaydi va yiliga 12 mln evro maosh oladi.
Fikrlar