"Inter" Rossiya terma jamoasi hujumchisini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi

  • 17 oktabr, 2019, 17:29
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Sankt-Peterburgning “Zenit” klubi forvardi Artyom Dzyuba faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.

Tecno

Il Giornale nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli rossiyalik futbolchining xizmatlariga “Inter” qiziqib qolgan. Gap shundaki, “neradzurrilar” murabbiylar shtabi Dzyubani uzoq muddatga safdan chiqqan Aleksis Sanches o‘rniga munosib ko‘rishmoqda.

Ma’lumot uchun, Dzyuba joriy mavsum “Zenit” safida jami 15 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 6 ta gol hamda 7 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!