
"Inter" MYuga ketayotgan Onana o‘rniga zo‘r nomzod topib qo‘ydi
"Tottenxem" darvozaboni Ugo Loris mavsumlar oralig‘ida "Inter"ga o‘tishi mumkin.
Football Italia nashrining xabar berishicha, “neradzurrilar” “Manchester Yunayted”ga o‘tishi kutilayotgan Andre Onananing o‘rniga aynan frantsiyalik posbonni olib kelishni rejalashtirishmoqda.
Manbaga ko‘ra, "Manchester Yunayted" va "Inter" o‘rtasida yaqin orada 55 million evrolik shartnoma imzolanishi kutilmoqda.
Loris o‘tgan mavsum "Tottenxem" tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z darvozasidan 45 ta gol o‘tkazib yuborgan. Uning “shporlar” bilan amaldagi shartnomasi 2024 yilning yozida o‘z nihoyasiga etadi.
Fikrlar