
"Inter" "Barsa"ning yosh himoyachisini sotib oladi
"Barselona"ning yosh himoyachisi Xuan Firpo faoliyatini Italiya A Seriyasida davom ettirishi mumkin.
Tuttosport nashri xabariga ko‘ra, "Inter" rahbariyati "Barsa"dan Arturo Vidalni emas, jamoa bosh murabbiyi Antonio Konte shaxsan qiziqish bildirayotgan 23 yoshli futbolchini olib kelishga rozi bo‘lgan.
Xabar qilinishicha," Barselona " Firponi 20 million evroga baholamoqda. Avvalroq Firpo Lautaro Martines transferining bir qismi bo‘lishi mumkinligi xabar qilingandi.
Ispaniya chempionatining joriy mavsumida Firpo 14 uchrashuvda bitta gol va bitta assistentlik qildi.
Fikrlar