
"Inter" "Arsenal" hujumchisini qanday qilib bo‘lmasin o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Inter" Folarin Balogunni ijaraga olish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
"Corriere dello Sport" xabariga ko‘ra, "Inter" "Arsenal" talab qilgan 40-50 million evroni to‘lay olmayapti, ammo baribir Balogunni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi. "Neradzurrilar" 22 yoshli hujumchini "Arsenal"dan bir mavsumga sotib olish imkoniyati bilan ijaraga berishni ko‘rib chiqmoqda.
"Inter"ning Balogun uchun taklifi 35 million evroga sotib olish varianti bilan ijaraoga olishni o‘z ichiga olishi kutilmoqda.
Balogun 2022/23 yilgi mavsumni “Reyms”da ijara asosida o‘tkazgan. Liga 1da forvard 37 ta o‘yin o‘tkazib, 21 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to‘purari bo‘ldi.
Fikrlar