
Infantino: Bizga Rossiyani shafqatsiz, irqchi va byurokratik mamlakat deb aytishgandi, lekin biz buning aksini ko‘rdik
FIFA prezidenti Janni Infantino JCh-2018 tashkilotchiligi uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildirdi.
“Biz Rossiyada tarixdagi eng zo‘r jahon chempionatini tashkil etdik. Bizga Rossiyani shafqatsiz, irqchi va byurokratik mamlakat deb aytishgandi, lekin biz buning aksini ko‘rdik. Chunki, futbol insonlarni ajratmaydi, ularni birlashtiradi. Biz musobaqa tashkilotchiligi uchun Rossiyaga minnatdorchilik bildiramiz. Rahmat, Rossiya!”, - deydi Infantino.
Eslatib o‘tamiz, JCh-2018 o‘yinlari 14 iyundan 15 iyulgacha Rossiyaning 11ta shahrida bo‘lib o‘tdi.
Fikrlar