Indoneziyada to‘p surayotgan legionerimiz nega "Qizilqum" bilan "Buxoro"ning taklifini rad etdi?

  • 18 avgust, 2020, 22:52
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Ayni paytda Indoneziyaning “Tira Persikabo” jamoasida to‘p surayotgan o‘zbekistonlik Artyom Filiposyanga klublarimiz tomonidan qiziqish bo‘lgani oydinlashdi.

Tecno

Ma’lum bo‘lishicha, “Qizilqum” hamda “Buxoro” jamoalari Filiposyanga taklif bilan chiqqan. Biroq Artyom Indoneziyadan ketishni istamagan, boisi hamyurtimizni o‘z klubida hamma narsa qoniqtirmoqda. Shu sababli u rad javobini bergan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu yilning yanvar oyida “Tira Persikabo” bilan shartnoma tuzgan va dekabr oyida kelishuv yakuniga etadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!