
Ilyos Zeytullaev "Bunyodkor" bosh murabbiyi
Ilyos Zeytullaev “Bunyodkor” bosh murabbiyi etib tayinlandi, deya xabar bermoqda klubning matbuot xizmati.
O‘tgan mavsum ushbu jamoaning murabbiylar shtabida ish boshlagan, qisqa vaqt ichida muxlislar mehrini va ishonchini qozongan mutaxassis Ilyos Zeytullaev “Bunyodkor” bosh murabbiyiga aylandi.
Shu kunlarda Belgiyada Pro litsenziyasi kurslarida tahsil olayotgan Ilyos Bekirovich safar oldidan “qaldirg‘ochlar” bilan ikki yilga mo‘ljallangan shartnoma bo‘yicha to‘liq kelishuvga erishdi. Bekirovich va uning murabbiylar shtabi 2025 yilgi mavsumda o‘z ishlarini boshlashadi.
Fikrlar