Ikardini Parijda olib qolish oson bo‘lmaydi yoxud Mauro uchun yana bir grand kurashga qo‘shildi

  • 17 aprel, 2020, 17:35
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mavsumni PSJ safida ijarada o‘tkazayotgan “Inter” forvardi Mauro Ikardi uchun yana bir grand klub kurashga qo‘shildi.

Tecno

Tuttosport nashri tarqatgan xabarga qaraganda, 27 yoshli argentinalik futbolchini “Atletiko” ham o‘z safida ko‘rishni xohlamoqda. Shu o‘rinda, “matraschilar” Ikardini o‘tgan yilning bahorida ham sotib olishga urunib ko‘rishgani, biroq muzokaralar muvaffaqiyatsiz yakunlanganini eslatib o‘tish lozim.

Mauro joriy mavsum parijliklar safida jami 31 ta o‘yinda maydonga tushdi va 20 ta gol hamda 4 ta golli uzatmaga mualliflik qilishga erishdi. Uning transfer narxi esa 60 mln evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!